Eng Omadli Insonlar
*Tasavvur qiling,
Siz endi telegramda postlarni o’qimayapsiz.
Siz hozir 2-jahon urushidagi Londondasiz.
Blits bombardimonining eng avj olgan nuqtasi.
Ketma-ket 57 kun davomida natsistlar shahringizni bombardimon qilayapti.
Havo tutun, chang, va yonayotgan jasadlarning hidi bilan to’lgan.
Sizning ko’changizdan hech narsa qolmagan.
Kecha qo’shningizni uyini bombardimon qilishdi.
Bugun xarobadan qo’shningizni ayoli va ikki farzandini olib chiqishdi.
Faqatgina ona nafas olayotgandi.
Bir necha haftalardan beri to’liq uxlolmayapsiz.
Qachonki uyquga ketayotganingizda, sirenalarning ovozi sizni uyg’otib yuboradi.
Yana sirenalarning ovozi kelyapti.
Gaz niqobini oldingizda, boshpana tomon yugurishni boshladingiz.
Singlingizni qo’lidan mahkam ushlab olgansiz.
Otangizni zavodi bombardimon qilinganidan beri u sizga gapirmaydi.
Otangiz tirik chiqqan yoki chiqmaganini ham bilmaysiz.
Bir necha kundan beri onangizni ham ko’rmagansiz.
Boshpana odamlar bilan to’lgan.
Har bir bombaning portlashi devorlarni titratyapti.
Yosh bolalar to’xtovsiz yig’layapti.
Qariyalar esa faqatgina duo qilyapti.
Singlingizni qo’lidan mahkam tutib, ko’zingizni yumgan holda so’radingiz:
“Iltimos. O’zing meni bu yerdan qutqar. Meni juda, juda uzoq kelajakka tinchlikka olib bor”
Va
Boom.
Siz ko’zingizni ochidingiz va duoingiz qabul bo’ldi.
Siz hozir 2025 - yilda shu postni o’qiyapsiz.
Siz boshpanada emassiz.
Uyingiz hali ham tik turibdi.
Oilangiz ham tirik.
To’kin-sochinlikda yashayapsiz.
Tarixga qarasak, taxminan 117 millardga yaqin odamlar yashab o’tgan.
Shu yashab o’tganlar bilan yashash tarzimizning sifatini solishtiradigan bo’lsak, biz juda ham kichik omadlilar tarkibiga kiramiz. Oldingidek, 5 yoshga ham yetmasdan, har 5 tadan 2ta farzandlarimiz vafot etmayapti. Zamonaviy meditsina jixozlari hamda murakkab jarroxlik amaliyotlari yordamida ko’plab kasalliklar davolanmoqda. Endi 50 yil oldin, shunchaki tish shifokoriga borishni tasavvur qilib ko’ring. Bundan tashqari, oddiy qurilma yordamida istalgan qo‘shiq, kitob, telekanal yoki podkastni topish, qiziqqan savollarimizga birgina click orqali javob olish, unutilmas lahzalarni rasm yoki video shaklida saqlab qo‘yish va dunyoning istalgan nuqtasidan turib xohlagan inson bilan bemalol muloqot qilish imkoniyatiga egamiz. Xulosa qilib aytganda, bizning hozirgi yashash tarzimiz tarixdagi qirollarnikidek.
Lekin, shuncha rivojlanishlarga qaramasdan, hayotimiz yanada og’irlashib borayotganga o’xshaydi.
“Rat Race”dan ozgina chalg’ib, shukr qilish vaqti kelmadikin?
Va Robbingiz (sizga): «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir», deb bildirgan(ini eslang) (14:7)
*George Mackning twitterdagi postidan ilhomlanib yozilgan.
